BURGANSOY RASMLARI haqida malumot bilib oling.
BURGANSOY RASMLARI — Nurota togʻ tizmasining jan. yon bagʻridagi Tasmachisoyning chap irmogʻi qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar. Navoiy viloyati Xatirchi tumanы hududida. 1980-y. larda arxeolog M. Xoʻjanazarov tomonidan topilgan, oʻrganilmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, Burgansoy rasmlarining eng kad. lari mil. av. 2-ming yillikka mansub, mil. av. 6—1a. larga oidlari ham uchraydi. Rasmlar qattiq buyumlar bilan uriboʻyib, asosan soya, shakl koʻrinishi va oddiy chiziqlar usulida ishlangan; ularda odamlar, buqa, ot, tuya, toʻngʻiz, qoplon, boʻri va b. hayvonlar tasvirlangan (ayniqsa, sherlar tasviri diqqatni oʻziga tortadi); ovchilik, chorvachilik, qad. ajdodlarning turmushi bilan bogʻliq ayrim lavhalar mohirona ifodalangan. Burgansoy rasmlari shu yerdagi xalqning qad. madaniyati, tarixini oʻrganishda qimmatli manba hisoblanadi.
Ensiklopediya.uz
BURGANSOY RASMLARI