BURGANSOY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURGANSOY haqida malumot bilib oling.

BURGANSOYNavoiy viloyati Xatirchi tumanilagi soy, Tasmachisoyning chap irmogʻi. Oqtogʻning jan. yon bagʻridan 1600 m balandlikdai Qoragʻachsoy nomi bilan boshlanadi, quyi oqimida Olmasavan deb ataladi. Uz. 23 km, havzasining mayd. 34,7 km2. Soyga 50 dan ortiq irmoq qoʻshiladi. Burgansoyning yuqori oqimida vodiysi tor, daryo koʻp joylarida chuqur daralar orqali oʻtadi. Quyi oqimida vodiy 500—800 m gacha kengayadi. Burgansoy erigan qor, yomgʻir va bulok suvlaridan toʻyinadi. Mavlon qishlogʻi yaqinida oʻrtacha yillik suv capfi 275 l/sek. Bahor (martmay) oylarida oʻrtacha suv sarfi 1 mʻ/sek gacha yetadi, yillik oqimning 60—75% shu davrda oqib oʻtadi. Boshqa fasllarda 50—100 l/ sek gacha kamayadi. Baʼzan sel oqimlari kuzatilib, suv sarfi sekundiga 16,2 m3 gacha koʻpayadi.

Ensiklopediya.uz
BURGANSOY