BURDAGUY haqida malumot bilib oling.
BURDAGUY, Bardagvi, Pardagvi (qad. yun. pandoki — mehmonxona) — Amudaryoning qad. kechuvi hamda Iskandar Maqduniy tomonidan kurilgan qalʼa nomi. Burdaguyda hunarmandlar, xususan kema va qayiq yasovchilar yashaganlar, ular «shoh kechuvi»dan oʻtuvchilarga xizmat koʻrsatishgan. Burdaguy 15-a. da yirik shahar boʻlib, hatto Termiz bilan raqobatlashgan. 17-a. manbalarida Burdaguy kechuvi Yargox yoxud Yardagʻu shaklida uchraydi. Iskandar aynan mana shu kechuv orqali asosiy qoʻshini bilan Amudaryodan oʻtgan deb hisoblanadi. Kushon podshaligiiing soʻnggi davrida vujudga kelgan Burdaguy shahri ilk va rivojlangan oʻrta asrlarda yuksalgan, 20-a. boshida ham Burdaguy arkida hayot soʻnmagan. Bu yerdan arablardan avvalgi davrga mansub podshoning taxtda oʻtirgan holdagi tasviri tushirilgan sopol parchasi topilgan. Burdaguy kechuvidan, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidan shim. tomon qad. yoʻllar boshlangan.
Ensiklopediya.uz
BURDAGUY