BURA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BURA haqida malumot bilib oling.

BURA (arab, burak — selitra) , tanakor — mineral. Natriy tetraborati Na,B4O7. 10N2O, tetraborat kislotasi natriyli tuzining kristallogidrata. Monoklin singoniyali. Prizma va mayda donachalar holida uchraydi. Rangi oq, kulrang, sargʻish, rangsiz. Yaltirokligi shishasimon, mumsimon. Qattikligi 2—2,5, s. ogʻ. 1,7 Suvda yomon eriydi. Bura bor elementi mavjud boʻlgan quriyotgan shoʻr koʻllarda, balchikli vulkan mahsulotlarida hosil boʻladi. B. Oʻzbekistondagi tuz konlarining barchasida uchraydi. Yirik uyumlari AQSH, Argentina, Tibet, Kashmir, Kerchda topilgan. Bura qishloq xoʻjaligida mikro oʻgʻit sifatida, shuningdek metallarni kavsharlash, maxsus shisha navini tayyorlashda, qogʻoz sanoatida, koʻnchilikda, bor kislotasi va tuzlarini olishda ishlatiladi. Bura tibbiyot preparati.

Ensiklopediya.uz
BURA