BUNT haqida malumot bilib oling.
BUNT, uyum, gʻaram — 1) paxta z-di va punktlarida chigitli paxtani uzoq vaqt saklash uchun usti brezent bilan yopib qoʻyiladigan paxta uyumi. Bunt 25×14 yoki 22×11 m oʻlchamdagi maxsus maydonlarda hosil qilinadi. Maydon yer sathidan yarim metr yoki uidan ham balandroq koʻtarilib shibbalangan, ustiga asfalt yoki tosh yotqizilgan, baʼzan somonli loy b-n qalin suvalgan boʻladi. Har qaysi Buntda 300—600 t paxta saklash mumkin. Buntning balandligi, asosan, 8—9,5 m boʻlib, ustiga yopilgan brezent har joyhar joyidan arqon bilan pastga tortib qoʻyiladi. Paxta qizib ketib, oʻz-oʻzidan alangalanmasligi uchun Bunt ichiga har 4—5 m oraliqda shamollatish tuynuklari qilinadi;
2) qand lavlagi, sabzavotlar (zdlar yaqinida) vaqtincha saqlanadigan uzun uyum;
3) ochiqjoyga taxlab qoʻyilgan toy xashaklar uyumi;
4) teri va arqonlar bogʻlami.
Ensiklopediya.uz
BUNT