BUNKER haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUNKER haqida malumot bilib oling.

BUNKER (ing. bunker) — 1) materiallar (qum, shagʻal, sement, don, kumir, ruda)ni qisqa muddat saqlash yoki tashishga muljallangan idish. B. poʻlat, temirbeton yoki yogochdan piramida yoki konus shaklida yasaladi. Bunker larning pastki toraygan qismida materialni toʻkish uchun maxsus qopqogʻi boʻladi. Bunker larga yuk transportyor va koʻtarma transport mashinalari yordamida ortiladi. Baʼzan vagon yoki avtomashinada keltirilgan materiallar toʻgʻridantoʻgʻri Bunkerga agʻdariladi;

2) quruq yuk tashiydigan kemalarda yonilgʻi uchun ajratilgan joy;

3) paxta terish mashinasining paxta yigʻadigan agʻdarma qismi;

4) Bunker poyezd — shaxtalarda togʻ massasini uzluksiz yuklash, tashish va boʻshatish uchun muljallangan relsli transport vositasi;

5) kombaynda — oʻrib-yanchilgan don qoplarga toʻkiladigan yashik (voronka); elevatorda — don solib turiladigan yashik (voronka).

Ensiklopediya.uz
BUNKER