BUMIN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUMIN haqida malumot bilib oling.

BUMIN (Xitoy tarixiy manbalarida «Tumin») (?—553.7.3) — Turk xoqonligi asoschisi va uning birinchi hukmdori (552—553). Jujan xonligita tobe ashshshurugʻi (maʼdan qazish, temir eritish va undan qurolyarogʻlar yasash bilan shugʻullangan)ning sardori. Bumin 550-y. Xon Anaxuan (520—552) bilan ixtiloflashish maqsadida ataylab uning qizini oʻziga xotinlikka soʻratadi. Shunda Anaxuan dargʻazab boʻlib: «Sen mening bir temir erituvchim boʻla turib, bunga qanday jurʼat etding!» — deb javob qiladi. Bumin xonning mazkur javobini keltirgan kishini qatl qilib, tezlikda Gʻarbiy Vey imperiyasi hukmdori Vendi bilan yashirincha harbiy ittifoq tuzadida, uning qizi Chanlega uylanadi (551). Soʻng, Bumin 552-y. qishida toʻsatdan jujanlarga hujum qilib, ularni tormor keltiradi. Anaxuan magʻlubiyat alamiga chidolmay oʻzini oʻzi oʻldiradi, uning oʻgʻli — taxt vorisi Yanluchen esa jujanlar ittifoqchisi boʻlmish Si imperatori huzuriga qochadi. Shunday qilib, Bumin «elxon» unvoni bilan ilk Turk xoqonligi taxtiga oʻtiradi. Ad.: Bichurin N. Ya., Sobraniye svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v drevniye vremena, M. L., 1950; Gumilev L. N., Drevniye tyurki, M., 1967.

Ensiklopediya.uz
BUMIN