BUMIDDIN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUMIDDIN haqida malumot bilib oling.

BUMIDDIN Xuari (19251978) Jazoir XalqDemokratik Respublikasi (JXDR) ning sissiy va davlat arbobi. Polkovnik (1957). Zitun (Tunis) va AlAzhar (Misr) untlarida taʼlim olgan, Qohirada arab tilidan dare bergan. 1955-y. Jazoirga qaytib kelib, Jazoir xalqining fransuz mustamlakachilariga qarshi kurashida qatnashdi. 1958-y. da Bumiddin Oran qoʻzgʻolonchilarining rahbari, 1960—62 y. larda Jazoir inqilobi milliy ozodlik kengashining aʼzosi va milliy ozodlik armiyasi Bosh shtabining boshligʻi. 1962-y. dan JXDRning milliy mudofaa vaziri, 1963—65 y. larda Vazirlar kengashi raisining birinchi oʻrnnbosari. 1965—76 y. larda JXDR Inqilobiy kengashi va Vazirlar kengashi raisi. 1976-y. dek. dan JXDR prezidenta.

Ensiklopediya.uz
BUMIDDIN