BULGAKOV Pavel Georgiyevich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BULGAKOV Pavel Georgiyevich haqida malumot bilib oling.

BULGAKOV Pavel Georgiyevich (1927.6.6 — Toshkent — 1993.28.10) — manbashunos, arabshunos. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1979). SanktPeterburg untining sharqftini tugatgan (1951). Shu untda oʻqituvchi (1954—57). Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida katta ilmiy xodim (1964—70), direktor oʻrinbosari (1970-y. dan). Bulgakov Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarini rus tiliga tarjima qilishda ishtirok etgan. «Abu Dulafning ikkinchi risolasi» asarini rus tiliga (A. Xolidov bilan hamkorlikda) tarjima qilgan, nashr ettirgan (1960).

U Beruniyniig «Tahdid nihoyot ila mokin li tasʼhih masofat ilmasokin» («Geodeziya») asarining arab tilidagi tanqidiy matnini birinchi marta Qohirada chop ettirgan (1962), soʻng uni rus tiliga tarjima qilib, izohlar bilan Toshkentda nashr qildirgan (1966).

Bulgakov «Beruniyning hayoti va ijodi» asari muallifi (1972). Beruniyning saylanma asarlarining 5 jildiga kirgan «Masʼud qonuni» asari va b. mat., astronomiyaga oid risolalarini rus tiliga tarjima qiladi (1973). Bulgakov Xorazmiy haqida ham asarlar yozgan.

Bulgakov Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1971).

Ensiklopediya.uz
BULGAKOV Pavel Georgiyevich