BULGAKOV Mixail Afanasyevich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BULGAKOV Mixail Afanasyevich haqida malumot bilib oling.

BULGAKOV Mixail Afanasyevich [1891.3(15). 5, Kiyev 1940.10.3, Moskva] — rus yozuvchisi. Kiyev untining tibbiyot f-tini tamomlagan (1916). Ilk toʻplami «Iblisnoma»da (1925) jamlangan hajviyoti oʻsha davr matbuotida katta shovshuvga sabab boʻladi. «Oq gvardiya» (1925 — 27) tugallanmagan romani mavzui asosida «Turbinlar kuni» pyesasini yozadi (1926-y. da sahnalashtirilgan). Bu asarlarida «Qochish» (192628; 1957-y. da sahnalashtirilgan) pyesasidagi kabi eski rus ziyolilari kayfiyatidagi keskin oʻzgarish. «oqlar» harakati gʻoyasi, muhojirlik yoʻlining samarasizligi aks etgan. «Zoykaning uyi» (1926-y. da sahnalashtirilgan), «Baxmal orol» (1928-y. da sahnalashtirilgan) komediyalarida Bulgakov yangi iqtisodiy siyosat tarafdorlarining turmush va axloqini mazax qiladi, biqiq teatr muhitidagi urfodatlar ustidan kuladi. 20-y. lar oxirida rus adabiy tanqidi Bulgakov ijodini salbiy baholaydi, uning asarlari nashr etilmaydi, pyesalari teatr sahnalaridan olib tashlanadi. 30-y. boshlaridan Bulgakov teatrda rejissyor yordamchisi boʻlib ishlaydi, Gogolning «Oʻlik jonlar» (1932) asarini sahnalashtiradi. «Janob de Molyer hayoti» biografik povestida (1932—33 y. larda yozilib, 1962-y. da nashr etilgan) Bulgakov haqiqiy sanʼat bilan mustabid tuzum bir-biriga zidligini tasvirlaydi. 30-y. lardan umrining oxirigacha Bulgakov «Usta va Margarita» romani ustida ishlaydi (1966 — 67 y. larda nashr etilgan). «Ityurak» asari (1987) asosida kinofilm yaratilgan. «Usta va Margarita» Qodir Mirmuhamedov tomolidan uzbek tiliga tarjima kilingan (1987).

Ensiklopediya.uz
BULGAKOV Mixail Afanasyevich