BULBULCHA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BULBULCHA haqida malumot bilib oling.

«BULBULCHA»Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi bolalar katta xori. Oʻzbekistonda eng mashhur va yirik bolalar xor jamoasi, xor uslubida kuylash sanʼatining faol targʻibotchisi. 1970-y. tashkil topgan, 1982-y. dan «Bulbulcha» nomida. Badiiy rahbari va bosh xormeysterOʻzbekiston xalq artisti Sh. Yormatov. Tarkibida tayyorlov, kichkintoylar (7 yoshgacha), oʻrta (8—15 yoshdagi), oʻsmirlar (15—20 yoshdagi), raqs, doirachilar, folklor guruhlari mavjud. Repertuaridan mumtoz xor sanʼati (I. S. Bax, V. Motsart, F. Shubert ijodi) namunalari, rus (D. Kabalevskiy, G. Struve. A. Sokolov va b.), va, ayniqsa uzbek kompozitorlari (M. Ashrafiy, M. Leviyev, D. Zokirov, S. Yudakov, K. Abdullayev, A. Muxammedov, F. Qodirov, M. Burhonov, R. Vildanov, R. Abdullayev, F. Alimov, N. Norxoʻjayev, A. Mansurov, D. Omonullayeva, M. Otajonov va b.) asarlari keng oʻrin olgan. «Bulbulcha» respublika va xalqaro (Rossiya, Finlyandiya, Estoniya, Turkiya va b.) xor festivallarining qatnashchisi va sovrindori. Xususan, Yugoslaviyaning Skople sh. dagi «Oltin bulbulcha» Xalqaro bolalar festivali (1981, 1983, 1985), Minsk sh. dagi Xalqaro bolalar xori festivali (1989) va b. Xor ijro etgan qoʻshiqlar gramplastinkalarda chiqarilgan, Oʻzbekiston radiosi va televideniyesi fondlarida saqlanadi.

Ensiklopediya.uz
BULBULCHA