
BULBULAK haqida malumot bilib oling.
BULBULAK — 1) torli musiqa cholgʻulari dastasining yuqori qismidagi («shayton») xarak. Bulbulak qadimiy yozma manbalarda «anaf» deyilgan. U yogʻoch yoki suyakdan yasaladi. Torli asboblarning quloqlar joylashgan tomoniga, pastki xarak roʻparasiga oʻrnatiladi. Bulbulak torlarni dasta va pardalarga tegizmay koʻtarib turadi;
2) bolalar puflab chaladigan hushtak (oʻyinchoq). Loydan qushtumshuq obdasta shaklida yasalib, olovda pishiriladi. Ichiga suv solib, joʻmragidan puflaganda bulbul sayraganday tovush beradi.
Ensiklopediya.uz
BULBULAK