BULATOV Mitxat Sagadatdinovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BULATOV Mitxat Sagadatdinovich haqida malumot bilib oling.

BULATOV Mitxat Sagadatdinovich (1907.18.4, Tobolsk) — meʼmor, tadqiqotchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan binokor (1970). Meʼmorlik d-ri (1974). Leningrad muhandislik qurilish in-tini bitirgan (1934). 1937-y. Toshkentga kelib, shahardagi koʻpgina maʼmuriy, turar joy binolarini loyihalashda qatnashgan. Toshkent sh. bosh meʼmori (1940—64). Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi boshqaruvining raisi (1955—64). 1964-y. dan Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik i. t. institutida ilmiy xodim, zamonaviy meʼmorlik boʻlimi mudiri (1967— 91). Samarqand (1937—38), Fargʻona, Qoʻqon, Kogon. Yangi Urganch (1938—39), Toshkent (1952—54)ni rekonstruksiya qilish bosh rejasi muallifi. Asosiy ishlari: «Paxtakor» stadioni (1953—57), «Toshkent» mehmonxonasi (1955—57), Samarqanddagi Navoiy va Jomiy haykali (1970, hamkorlikda), Samarqanddagi Ulugʻbek rasadxonasini qayta tiklash loyihasi (1981, A. Asanov b-n) va b.

As: Geometricheskaya garmonizatsiya v arxitekture Sredney Azii IX—XV vv., M., 1978.

Ensiklopediya.uz
BULATOV Mitxat Sagadatdinovich