BUKOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUKOV haqida malumot bilib oling.

BUKOV (Bukov) Yemilian Nesterovich (1909.27.7 Jan. Bessarabiya 1984) — Moldaviya xalqyozuvchisi (1982). Buxarest untini tugatgan (1936). Ilk ijodida jamiyat keskin tanqid qilingan, inqilobiy kurash ruhi kuchli («Mehnat qaynaydi», 1932; «Quyosh nutqi», 1937; «Xitoy», 1938 va b. sheʼrlar toʻplamlari). Keyinchalik Bukov vatanni, moldavanlar hayotidagi oʻzgarishlarni kuylagan («Men seni koʻryapman, Moldaviya», 1942; «Dnestrda bahor», 1944; «Mening mamlakatim», 1947 va b.). «Bugun va erta» (1965) sheʼrlar toʻplami, «Reut shahri» (1965) sheʼriy roman, «Qalb uchqunlari» (1965) hikoyalar toʻplami hamda «Magistral» (1969) romani bor. «Ona» hikoyasi, «Yoshlarga», «Aprel», «Bugun va erta», «Oʻtmish va istiqbol» sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Moldaviya davlat gimnining muallifi (hamkorlikda).

Ensiklopediya.uz
BUKOV