BUGI TILI haqida malumot bilib oling.
BUGI TILI — bugilar tili. Sulavesi o. ning jan. gʻarbida, bundan tashqari Indoneziyaning asosan bugilar istiqomat qiladigan boshqa hududlarida tarqalgan. Bugi tilida soʻzlovchilar umumiy soni taxm. 4 mln. ga yaqin. Bugi tili makkasara tili va Sulavesi o. markaziy qismidagi dialektlar bilan indonez tillari guruhiga kiradi. 17-a. gacha boʻlgan Bugi tili dagi yozuv yodgorliklari maʼlum emas. Hoz. yozuvi lotin alifbosida.
Bugi tili dagi adabiyot 17—19-a. larda Indoneziyadagi eng boy adabiyot hisoblanadi. Shu davrlarda bu tilda koʻpgina doston (mas, «La Taligo» va b.), tarixiy hikoyalar va poemalar, knyazliklar tarixi, huquqiy, liniy asarlar yuzaga kelgan. Xalq ogʻzaki ijodi ham rangbarang. Bugi tili kam oʻrganilgan. Asosiy tadqiqot ishlari 19-a. 60— 80-y. larida olib borilgan, asosan, gollandiyalik muhojir B. F. Mattesu tomonidan oʻrganilgan.
Ensiklopediya.uz
BUGI TILI