BUGʻ QOZONI haqida malumot bilib oling.
BUGʻ QOZONI — yoqilgʻi yoqqanda oʻchoqda ajraladigan issiqlik hisobiga bosimi atmosfera bosimidan yuqori boʻlgan bugʻ olinadigan qurilma. Koʻpchilik Bugʻ qozonida ish jismi sifatida suv ishlatiladi. Bugʻ qozoni ikki yoʻnalishda rivojlangan:
1) gaz quvurli qozonlar yaratilgan (bunda silindrik qozonga avval uchtagacha katta diametrli oʻt quvurlar, soʻngra oʻnlab kichik diametrli tutun quvurlari qoʻyilgan);
2) qozonni tashkil etuvchi silindrlar sonini koʻpaytirish yoʻli bilan suv quvurli qozonlar yaratilgan. Avval nisbatan katta diametrli silindrlar sonini 3—9 tagacha oshirilgan (batareyali qozonlar), keyinchalik diametrlari uncha katta boʻlmagan oʻnlab va yuzlab silindrlar oʻrnatilgan. Ular suv qaynatish quvur (truba)lari hisoblanadi. Kichik diametrli silindrlar dastlab gorizontga nisbatan 12° gacha burchak ostida qiya oʻrnatilib, kameralar yoki seksiyalar vositasida bir toʻp qilib birlashtiriladi va ustida joylashgan gorizontal barabanlarga biriktirilib, gorizontal suv quvurli qozonlar yaratidsi. Keyinchalik toʻgʻri qaynatish quvurlari tik yoki qiya oʻrnatilib, bular vositasida yuqorigi va pastki gorizontal barabanlar birlashtirildi; toʻgʻri quvurlar bilan almashtirila boshlandi, qozon barabanlarining soni esa tobora kamaytirildi. Hoz. vertikal suv quvurli qozonlarda faqat 1 yoki 2 baraban boʻladi. Toʻgʻri oqimli barabansiz qozon ham suv quvurli qozon hisoblanadi. Bugʻ qozoni rivojlanishi bilan bir qatorda qozon agregatlarining bugʻ hosil qilishi, bugʻ parametrlari va undagi f. i. k. ham osha boradi. Qozon agregatlarining f. i. k. 9395%, bugʻ hosil qilishi 2500 t/ soatgacha (tra 570° va bugʻ bosimi 25 MPa boʻlganda) yetadi.
Ensiklopediya.uz
BUGʻ QOZONI