
BUGʻ haqida malumot bilib oling.
BUGʻ — suyuqlik (yoki qattiq jism)ning gazsimon holati. Molekulyar kinetik nazariyaga koʻra, molekulalarning issiqlik harakati tufayli suyuqlik (yoki qattiq jism) sirtidan har qanday trada ham uzluksiz ravishda molekulalar ajralib turadi. Ajralish tezligi berilgan bosimda traga boglik, tra past boʻlganda vaqg birligi ichida sirtdan molekulalar kamroq, yuqori boʻlganda esa koʻproq ajralib chiqadi. Ana shu molekulalar toʻplami suyuqlik (yoki qattiq jism) bugʻi deyiladi. Bugʻ xossalari koʻp jihatdan gaz xossalariga oʻxshaydi.
Ensiklopediya.uz
BUGʻ