
BUGʻ BILAN ISITISH haqida malumot bilib oling.
BUGʻ BILAN ISITISH — issiklik eltuvchi sifatida suv bugʻidan foydalaniladigan isitish tizimi. Suv bugʻi binolarga oʻrnatilgan isitish asboblariga quvurlarda keltiriladi. Bugʻ bilan isitish tizimlarida bugʻ isitish asboblarida kondensatsiyalanayotganda uning issiqlik ajratish xossasidan foydalaniladi; hosil boʻlgan kondensat quvurlarda markazlashgan issiklik bilan taʼminlash tarmogʻiga yoki isitiladigan binodagi bugʻ qozoniga qaytadi. Bugʻ bilan isitishi . da ishlatilgan (mas, bugʻ mashinalari, turbinalari va b. dan chiqqan) bugʻdan ham foydalanish mumkin. Bunday tizim xonadonlarni isitiщda deyarli qoʻllanilmaydi, u asosan sanoat binolarini isitish uchun moʻljallangan (yana q. Isitish).
Ensiklopediya.uz
BUGʻ BILAN ISITISH