BUFF OPERA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUFF OPERA haqida malumot bilib oling.

BUFF OPERA — italyan komik (hazilmutoyiba) operasi. Hajmi kichikligi, oʻzgarishlarga boy mazmuni, qahramonlarining kulgili va jonli harakatlari, musiqa uslubining milliy qoʻshiqchilik anʼanalariga yaqinligi b-n ajralib turadi. Ilk namunalari operaseria («jiddiy opera»)ning ikki parda oʻrtasidagi intermediya tarzida ijro etilgan. 18-a. ning 30-y. larida J. Pergolezi (1710—36) ijodida paydo boʻlgan. Keyinchalik N. Pichchini, J. Paiziyello, D. Chimaroza va b. ijodida rivoj topgan. Buff opera uslubi 19-a. musiqasida (J. Rossini, «Sevilya sartaroshi» va b.), 20-a. opera sanʼatida (S. Prokofyev, «3 apelsinga muhabbat» va b.) ham oʻz aksini topgan. Oʻzbekistonda Buff opera anʼanalari negizida S. Yudakov «Maysaraning ishi» — ilk uzbek komik operasini yozgan.

Ensiklopediya.uz
BUFF OPERA