BUDROCHTEPA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BUDROCHTEPA haqida malumot bilib oling.

BUDROCHTEPA — qad. shahar xarobalari. Surxondaryo viloyati Denov tumanila joylashgan. Maydoni salkam 120 ga. Unga Zaxartepa, Oqmozortepa va Dunyotepa deb nomlangan tepaliklar kiradi. Budrochtepa oʻrta asrlarda Chagʻoniyon deb atalib, podsho saroyi, shaxriston va raboddan iborat boʻlgan. Budrochtepa Afrosiyob devoriy rasmlaridagi sugʻdcha yozuvlarda «Chagʻoniyon», arab manbalarida «Sagʻoniyon» deb atalgan. Ilk bor 1960-y. da Budrochtepa Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan, 1960-y. dan beri shu ekspeditsiya ishlaydi. Arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, Budrochtepa oʻz boshidan bir necha tarixiy bosqichlarni kechirgan:

1) mil. av. 1-a. — mil. 1-a. larda Oqmozortepa va Dunyotepa oʻrinlarida kichkina qishloq barpo etilgan;

2) mil. 1—3-a. larda shahar hajmi 10 ga yetib, Oqmozortepa shoh saroyiga aylantirilib, 10 m. qalinlikdagi mudofaa devori bilan oʻralgan, Dunyotepa esa katta manzilgoh boʻlgan;

3) mil. 3—5-a. lar boshlarida shahar inqirozga yuz tutgan, mudofaa devorlari xarobaga aylangan;

4) 5-a. oxiri va 8-a. boshlarida shahar yana tiklandi va 3 qismdan: shoh saroyi, shahriston va raboddan tashkil topgan. Shahriston atrofidagi devorning uz. 3 km ga yetgan;

5) 8—9-a. larda, arab istilosidan soʻng shahar mavjud boʻlib, uning hajmi bir oz kichik boʻlgan;

6) 10— 11-a. lar birinchi yarmida shahar taraqqiy etgan. Shaharning umumiy mayd. 6 km2 ga yetgan;

7) 11 —12-a. oʻrtalarida shahar saljuqiylar sultoni Ann Arslon tomonidan zabt etilgan. Ashyoviy dalillar shu paytda Dunyotepada hayot toʻxtaganligini va shahristonning ham mavqei pasayganligini koʻrsatdi;

8) 12a. oʻrtasi — 13-a. boshlarida shahar yana tiklangan;

9) 13-a. boshida shahar moʻgʻul istilochilari tomonidan vayron qilinib 15-a. boshlarida esa shahristonda hayot tamomila toʻxtagan, Dunyotepada hayot qisman kechgan, Oqmozortepa esa pishiq gʻishtlar bilan tiklangan qabristonga aylantirilgan. Shahar oʻrni raboddan sharkda — Gʻishli degan joyda paydo boʻlgan, u yerda madaniy qatlam 4—5 m ni tashkil qiladi; 10) 16-a. boshlarida shayboniylar tomonidan shahar batamom vayron qilingan. Chagʻoniyon poytaxti endi Budrochtepadan 10 km cha uzoqlikda joylashgan «Dexinav»ga, hoz. Denovta koʻchgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida har bir davr uchun kerakli ashyoviy dalillar topilgan. Ular orasida sopol idishtovoqdar, haykalchalar, Kushon podsholarining mis tangalari va soʻnggi davrdagi kumush va jez tangalari, toshdan va qimmatbaho ashyolardan tayyorlangan taqinchoqlar, shisha idishlar, temir va jezdan tayyorlangan qurolaslahalar va uyroʻzgʻor buyumlari koʻplab topilgan. Ad.: Drevnosti Yujnogo Uzbekistana, Katalog, Tokio, 1991.

Ensiklopediya.uz
BUDROCHTEPA