BUDAPESHT haqida malumot bilib oling.
BUDAPESHT — Vengriya poytaxti, Pesht medyesining maʼmuriy markazi. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Oʻrta Dunay pasttekisligida, Dunay daryosining har ikki sohilida joylashgan. Iqiimi moʻtadil kontinental, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 0 dan —3° gacha, iyulda 21—22°. Aholisi 2 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari).
Budapesht 1872-y. da tarixan tashkil topgan 3 kiyem: Buda, Obuda va Peshtning birlashishidan paydo boʻlgan. Manbalarda Buda va Pesht 1148-y. dan tilga olinadi. Qadimdan bu yerlarga keltlar joylashgan. 1 — 4-a. larda Rimga qaram boʻlgan. Vengerlar kelgan paytda (taxm. 895-y.) Peshtda slavyan qishloqlari bor edi. 11 —13-a. larda Pesht muhim savdo markazi. 1241-y. da moʻgʻultatar bosqinchilari Buda, Obuda va Peshtni vayron qildilar. 1350-y. dan Buda venger qirollarining doimiy qarorgohi. 1541—1686-y. lari turklar tasarrufida boʻlgan. 18-a. boshida har uch shahar gabsburglarga oʻtdi. Buda va Pesht 1848 — 49 y. larda Vengriyada boʻlib oʻtgan xalq gʻalayonlarining muhim markazlaridan boʻlgan. AvstriyaVengriya tashkil etilgandan soʻng (1867) Budapesht — Vengriya poytaxti. 1944-y. martda nemis qoʻshinlari Budapeshtni bosib oldi. 1945-y. 13 fev. da ulardan ozod qilindi (Budapesht operatsiyasi).
Budapeshtda mamlakat sanoat mahsulotining yarmiga yaqini ishlab chiqariladi. Sanoatining asosiy tarmogʻi — mashinasozlik: transport («GansMavag», «Ikarus») va elektrotexnika mashinalari, stanoksozlik, q. x. mashinalari va asboblari i. ch. ; toʻqimachilik (asosan, ip gazlama), kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati ham yaxshi rivojlangan. Budapeshtdan xalqaro t. y. magistrallari, yirik avtomobil, suv va havo yoʻllari oʻtgan. B. Dunay boʻiidagi yirik port, xalqaro aeroport bor.
Vengriya FA (1825-y. dan), unt (1635), politexnika, pedagogika, tibbiyot intlari, siyosiy iktisod va q. x. untlari, koʻplab teatr (jumladan 1840-y. dan ishlayotgan Milliy teatr), Milliy muzey (1802) va b. muzeylar, kutubxonalar, metropoliten bor. Daryoning past, soʻl sohilidagi Pesht va baland oʻng sohilidagi Buda sh. lari Dunay daryosiga qurilgan panjarador koʻpriklar orqali bogʻlangan. Peshtda Budapeshtning eng yirik ilmiy, madaniy muassasalari, meʼmoriy ansambllari joylashgan, keng koʻchalar, zamonaviy binolar koʻp. Budapeshtning tarixiy yadrosi boʻlmish — Budada rimliklar qarorgohi boʻlgan Akvink xarobalari (1—4-a. lar), gotika cherkovi (13—15-a. lar), qirol saroyi (13—18-a. lar) va b. saqlangan.
Ensiklopediya.uz
BUDAPESHT