Bu hafta bir tadbirda qatnashdim. CTO lar bilan.
Bu hafta bir tadbirda qatnashdim. CTO lar bilan.
Bir boshdan aytib beraman. CTO (Chief Technology Officer) bu korxonaning AT lariga javob beradigan odam. Texnika, dasturlash, hujjatlar va moliya hammasi uning mas’uliyatida.
Bir necha oy avval CTO Craft jamiyatiga qo`yilgan edim. U yerga faqat tekshirish (screening) orqali kiriladi. Sizning LinkedIn dagi sahifangiz, qanday loyihalar bilan shug`ullanganligingiz, hozir qayerda ishlayotganingiz muhim. Hozirda 8,000 atrofida a’zolari bor, ko`pchilik maqola yozadi, dars o`tadi (mentor) va boshqalar.
CTO Craft har oyda tadbir o`tkazadi. Tadbir turli shaharlarda bo`ladi. Londondagisi May oyiga rejalashtirilgan. Tadbir turlari ham ko`p. bu hafta Tanish bilish (Networking) tadbiri bo`ldi.
Tadbir 3 soat bo`ladi. 1-soat tanishuv (networking), 2-soatda tashkilotchilar tayyorlagan odam namoyishi (presentation) va 3-soat yana tanish bilish orttirish (networking). Tadbirda suv va ovqatlar bo`ladi. Bemalol kelib, biqinni qilib, gaplashsa bo`ladi. Faqat halolga ehtiyot bo`ling. (Lirik chekinish)
Tadbirga kechroq bordim. Yangi odamlar bilan tanishishga ulgurdim. Ko`pchilik (hamma so`zidan amallab kechish arafasidaman) hozir 100 kishilik katta CTO lar bilan ko`rishaman. O`zimni qanday tutishim kerak, mani ko`rsa, nima deb o`ylaydi. Deb havotir oladi. Aslida esa 5-6 kishilik guruhni boshqarayotgan, startup egasi bo`lgan odamlar bilan ko`rishasiz. Foydali tomonlari ko`p. Yangi loyihalar, kim nima bilan shug`ullanmoqda, sizning muammolaringizga yechim bo`ladigan loyihalar, sizning loyihangiz ularga foydali bo`lishi va xokazo.
Hullas, o`zimizda ham faqat oshga bormasdan, AT choyxonaga ham borib turaylik…
Manba:
Umumiy Dasturlash
Bu hafta bir tadbirda qatnashdim. CTO lar bilan.