BRYUSTER QONUNI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRYUSTER QONUNI haqida malumot bilib oling.

BRYUSTER QONUNI — dielektrikning sindirish koʻrsatkichi p b-n tabiiy (qutblanmagan) yorugʻlikning uning sirtiga tushish burchagi f orasidagi bogʻlanishni ifodalovchi munosabat. Tushish burchagi Bryuster burchagi deb ataladi va tgp=«sharti bajarilganda dielektrik sirtdan qaytgan yorugʻlik faqat tushish tekisligiga perpendikulyar tekislikda qutblangan boʻladi.

Havoda sinish qonuni (g sinish burchagi) boʻlgani uchun Bryuster qonunidan cosp=sinr, yoki f+g=90°. Demak, singan va qaytgan nurlar orasidagi burchak 90° boʻladi. Bryuster qonunidan qutblangan yorugʻlik hosil qilishda, moddaning sindirish koʻrsatkichini aniqlashda foydalaniladi. Bryuster qonuni 1815-y. da D. Bryuster tomonidan topilgan.

Ensiklopediya.uz
BRYUSTER QONUNI