BRYULLOV Karl Pavlovich haqida malumot bilib oling.
BRYULLOV Karl Pavlovich [1799. 12 (23). 12, Peterburg 1852.11(23).6, Marchano, Rim yaqinida] — rus rassomi. Peterburg BAda taʼlim olgan (180921). 182335-y. lar va 1850-y. dan Italiyada yashagan. 1836-y. dan Peterburg klassitsizm oqimiga romantizm va hayotdan zavqlanish kayfiyatini olib kirdi. Asarlari insonning goʻzal, nafis histuygʻularini kuylashi («Virsaviya», 1812), obrazlarining dramatik qudrati («Pompeyning soʻnggi kuni», 1830 — 33), realistik anʼanalar, nozik psixologizmi (M. Lanchi portreti, 1851; avtoportret, 1848) bilan ajralib turadi.
Bryullovning mujassamot tuzish va bezash mahorati ayniqsa hashamdor portretlarda toʻla namoyon boʻlgan. «Chavandoz ayol» (1832), «N. V. Kukolnik» (1836), «I. A. Krilov» (1839) va b. asarlari rus realistik portretining katta yutugʻi boʻldi. Bryullov akvarel va rasm ustasi hamdir (italiyaliklar maishiy hayotidan lavhalar, Gretsiya va Turkiya safarlari chogʻidagi manzara va chizgilari, 1835).
Ensiklopediya.uz
BRYULLOV Karl Pavlovich