BRUSIT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRUSIT haqida malumot bilib oling.

BRUSIT (amerikalik mineralog A. Brus nomidan) — gidroksidlar kichik sinfiga mansub mineral, kimyoviy formulasi (MgOH)2. Magniy qisman Gʻyeg+ yoki Mp2+ (ferro va manganobrusitlar) bilan almashishi mumkin. Trigonal sistemada kristallanadi, rangi oq, yashil, koʻk va qoʻngʻir (kamdankam havorang). Gugurt qutisisimon, ignasimon kristallar va varaqsimon, tolasimon agregatlar. Qatgiqligi 2,5; s. ogʻ. 2,4. Tolasimon Brusit nemalit deb ataladi. Metamorfizmga uchragan ohaktoshlar va dolomitlar tarkibidagi periklazni oʻzgarishidan vujudga keladi. Serpentinit massivlari va marmarlashgan dolomit va ohaktoshlarda uchraydi. Magniy olish uchun xom ashyo, keramika va qogʻoz sanoatida, oʻtga chidamli mahsulotlar i. ch. da foydalaniladi. RF (Ural, Kavkaz, Sibir), Qozogʻiston, AQSH, Kanada, Italiya va b. joylarda konlari topilgan. Oʻzbekistonda Olmaliq, Kumushkon, Surenota, Zirabuloq, Quljuqtov, Sulton Uvays togʻlarida uchraydi.

Ensiklopediya.uz
BRUSIT