Broyler joʼjalarni yetishtirish.
Broyler joʼjalarni yetishtirish.
DO`STLARGA ULASHING:
Koʼpchilik fermarlar mol, qoʼy, echki va boshqa chorvalarni yetishtirishadi. Bundan tashqari tovuqlarni yetishtirish va tuxum savdosi bilan ham shugʼullanadiganlar talaygina. Yetti xazinaning biri boʼlgan tovuqdan ham goʼsht sifatida sotish, ham uning tuxumini sotish imkoniyati mavjud.
Tovuqlarning bir turi boʼlgan broylerlarni yetishtirish esa tez foyda olishning bir usulidir. Broyler joʼjalarni yetishtirishda kamchiliklarga yoʼl qoʼymagan, alohida eʼtibor bilan parvarishlagan odam 35-40 kunda joʼjalarni koʼzlangan vaznga bemalol olib kelishi mumkin.
Broyler joʼjalarni yetishtirish uchun nimadan boshlash lozim?
Uy sharoitida Broyler joʼjalardan koʼproq daromad olish uchun avvolo ularni yetishtirish uchun yaxshi fursatni tanlash lozim. Yetishtirish uchun yen yaxshi vaqt bu baxorning oʼrtalari va yozning boshlanishi. Bu paytda havo harorati isigan boʼladi va siz joʼjalar saqlanadigan joyni qanday qilib isitish boʼyicha bosh qotirmaysiz.Broyler joʼjalarni yetishtirish. Nimalarga eʼtibor berish lozim?
Broyler joʼjalarni asosan malakali joʼja yetishtiruvchilardan yoki katta parrandachilik fermalaridan sotib olganingiz maqsadga muvofiq. Shunda siz joʼjalarning zotiga va sogʼligiga kafolatli boʼlishingiz mumkin. Аgar olgan broyler joʼjalaringiz zotiga shubxa qiladigan boʼlsangiz quyidagilar orqali ularning asl zotli ekanligini farqlang:tuklari yumshoq;
qorni kengaygan;
boshi gavdaga nisbatan katta;
qanotlari deyarli rivojlanmagan.
Uy sharoitida joʼjalarni boqish uchun 10 kunlik Broyler joʼjalarini olish maqsadga muvofiq boʼladi. Bunday joʼjalarning sogʼligi va quvvatiga toʼliq ishonish mumkin boʼladi.Joʼjalarni uyda joylashtirishdan oldin ularning joyini oldindan tayyorlab qoʼygan va zarur yem xashaklarini oldindan olib qoʼygan boʼlishingiz lozim.
Broyler joʼjalariga qanday sharoit boʼlishi lozim?
Joʼjalar uchun quyidagi sharoitlar yaratilishi lozim:Tanlagan joyingiz dezinfektsiyalangan, tozalangan va quritilgan boʼlishi lozim
Yerni apilka yoki quruq oʼt-xashak bilan toʼldirishingiz lozim
Xavo aylanib turishi taʼminlangan boʼlishi kerak
Joʼjalarni joylashtirganingizdan keyin 2 hafta mobaynida havo xarorati +35 gradusgacha, keyinchalik +26 gradusdan kam boʼlmasligi lozim
Joʼjalar joylashgan joy doim yorugʼ boʼlishi lozim
Broyler joʼjalarni yetishtirish. Nimalarga eʼtibor berish lozim?
Broyler joʼjalar ichidan yaxshilarini tanlab olish
joʼja faol, harakatchan boʼlishi, ovozga sezgir boʼlishi, oyoqlarida qattiq turili lozim
joʼjaning qorni tarrang boʼlishi, teri osilib qolmagan boʼlishi kerak
koʼzlari charaqlab turishi
agar joʼjalarni koʼpaytirish niyatida boʼlsangiz ikki jinsidan ham olish lozim
Broyler joʼjalariga quyidagi haroratli sharoitlar yaratili lozim:Broyler joʼjaning kuni Joʼja joylashgan xonaninnxavo xarorati
(ochilgan kundan)
Xonada Isitish moslamasi yonida
1-5 26 34
6-12 23 32
13-20 22 29
21-30 21 23
31-63 19 –
Broyler joʼjalarni yetishtirish. Nimalarga eʼtibor berish lozim?
Joʼjalarni uy sharoitida yetishtirishni boshlagandan soʼng ularga zarur vitamin va moddalar mavjud ozuqalarni berib borish lozim. Beriladigan ozuqular qaynatilgan tuxum, joʼxori, bugʼdoy va boshqa ozuqa yemlaridan iborat boʼlishi mumkin. Xozirgi kunda bularning barchasi broylerlar uchun maxsus chiqarilgan yemlarda mavjud.Joʼja yoshi(kun xisobida) Bir sutkadagi ozuqa (gr)
1-5 15
6-10 20
11-20 45
21-30 65
31-40 85
41-50 100
51-60 115
Joʼjalar qancha kam harakatda boʼlishsa, shunchalik tez semirishadi. Аmmo ularga vaqti vaqti bilan harakatda boʼlib turishini taʼminlash lozimdir. Bundan tashqari joʼjalarga oz miqdorda koʼk oʼtlardan tashlab turish ham zarar qilmaydi.
Broyler joʼjalarni yetishtirish.