BROVSIN Boris Vasilyevich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BROVSIN Boris Vasilyevich haqida malumot bilib oling.

BROVSIN Boris Vasilyevich (1903. 20.9, SanktPeterburg — 1987.15.1, Toshkent) — rus kompozitori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1973). Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1932). 1939-y. dan Oʻzbekiston radiosi simfonik orkestrining bosh dirijyori. Asosan cholgʻu va musiqali teatr uchun asarlar yaratgan. Simfonik orkestr uchun «Fargʻona syuitasi» (Yu. Rajabiy bilan hamkorlikda), «R. Zorge xotirasiga» simfonik poema, simfoniya, skripka va orkestr uchun konsertlar muallifi. U uzbek musiqa merosi va bastakorlar ijodiga xos ohanglariga tayanib, «Tohir va Zuhra» (T. Jalilov b-n, 1951, 3tahriri 1968), «Dahshatli kunlarda» (1984) operalari va «Semurgʻ» baletini yaratgan.

Ensiklopediya.uz
BROVSIN Boris Vasilyevich