BROUN haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BROUN haqida malumot bilib oling.

BROUN (Brown) Robert (1773.21.12, Montroz — 1858.10.6, London) — ingliz botanigi. Brounning morfologik, embriologik tadqiqotlari oʻsimliklarning tabiiy sistemasini tuzishda katta ahamiyatga ega. Broun urugʻkurtakda murtak xaltachasi boʻlishini kashf qilgan, igna bargli va sagovniklar urugkurtaklarida tuguncha boʻlmasligini koʻrsatgan (1825), yopiq urugʻli va ochiq urugʻli oʻsimliklar oʻrtasidagi asosiy farklarni aniklagan; igna barglilarning urugʻkurtagida urgʻochilik koʻpayish organi (arxegoniy) boʻlishini aniqlagan. Oʻsimliklar hujayrasi yadrosini birinchi boʻlib toʻgʻri tavsiflagan. 1827-y. Broun harakatini kashf etgan.

Ensiklopediya.uz
BROUN