BRONZALASH haqida malumot bilib oling.
BRONZALASH — himoya qatlami hosil qilish va bronza tuyey berish uchun metall buyumlar sirtiga bronza qoplash. Maxsus tarkibli kukun (poroshok) yordamida metallmas (mas, yogʻoch) buyumlar sirtida bronza tuyey (yaltirok,ligi) hosil qilish ham Bronzalash deb ataladi. Bronzalash elektrolitik usulda metallash yoʻli b-n, moyli yoki spirtli loklarga maxsus kukunlar qoʻshib tayyorlangan aralashma surkab va sirtga kimyoviy ishlov berib amalga oshiriladi. Radioapparatlar, detallar, maishiy metall buyumlar va b. sirtiga 40—45% rux qoʻshilgan bronza qatlami qoplanadi. Himoyabezak qoplamalari hosil qilishda, termik ishlashda tarkibida 10—12% rux boʻlgan bronza kukuni ishlatiladi.
Ensiklopediya.uz
BRONZALASH