BRONXOADENIT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRONXOADENIT haqida malumot bilib oling.

BRONXOADENIT (bronx va yun. Aden — bez) — bronxlar (traxeya atrofida, koʻks oraligʻining orqa va oldida joylashgan) limfa tugunlarining yalligʻlanishi. Koʻproq sil kasalligida, zotiljam, bronxit, bronxopnevmoniya, nafas yoʻllarining yalligʻlanishi bilan kechadigan koʻkyoʻtaya, qizamiq va b. da uchraydi. Bronxoadenitda kuraklararo boʻshliq ogʻriydi, bemorni asosan ogʻriqli yoʻtal bezovta qiladi. Limfa bezlari kattalashadi. Sil Bronxoadenit ida limfa tugunlari kattalashib, uning toʻqimasi ham nobud boʻladi va suzmasimon yiringga aylanadi. Boshqa kasalliklarda bemor asosiy kasallikdan tuzalishi bilan limfa tugunlari deyarli asliga qaytadi. Bronxoadenitni asosan rentgen qilib (rentgenoskopiya, rentgenografiya, flyuorografiya) aniqlanadi. Sil Bronxoadeniti bilan ogʻrigan bemor maxsus sil kasalxonalarida davolanadi. Organizmning umumiy quvvatini oshiruvchi dorilar, silga qarshi davo buyuriladi.

Ensiklopediya.uz
BRONXOADENIT