BROKER haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BROKER haqida malumot bilib oling.

BROKER (ing. broker) , makler — fond, tovar, valyuta birjalarida oldisotdi bitimlari tuzishda vositachilik (dallollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma. B. lar, odatda, mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga oʻz nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Vositachilik bitimlari, asosan, Brokerlik idoralari, firmalar yoki ularning filiallari orqali rasmiylashtiriladi. Vositachilik qilgani uchun tomonlarning kelishuviga koʻra, birja qoʻmitasi joriy etgan taksa (qatʼiy baho)ga muvofiq, oldisotdining muayyan foiz miqdorida haq — brokeraj oladi (odatda, Broker haqi amalga oshirilgan shartnoma yoki bitim qiymatining 0,25—3% ni tashkil qiladi). Yirik Brokerlik idoralari xaridorga qarz berishda banklar bilan hamkorlik qiladi, ayrim hollarda oʻzlari kreditor boʻladilar, bitimlar bajarilishiga kafillikni ham oʻz zimmalariga oladilar. Katta Broker gofbrok ye r deb ataladi.

Ensiklopediya.uz
BROKER