BRIZ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRIZ haqida malumot bilib oling.

BRIZ (frans. brise — shabada) — dengizlar, katta koʻllar, baʼzi yirik daryolar sohilida sutkada davriy oʻzgarib turadigan shamollar. Briz quruqpikning suvga qaraganda kunduzi tez isib, kechasi tez sovishi natijasida, quruqlik bilan suv ustidagi havoning t-rasi va bosimida tafovut paydo boʻlishi oqibatida vujudga keladi. Briz kunduzi suvdan quruqlikka, kechasi esa, aksincha, quruqlikdan suvga qarab esadi va qirgʻoqning har ikki tomonida bir necha km dan bir necha oʻn km gacha va bir necha yuz m balandlikkacha masofada seziladi.

B. Oq, Qora, Azov, Kaspiy dengizlari, Ladoga, Onega, Sevan koʻllari va Issiqkoʻl qirgʻoqlarida boʻlib turadi. Tropiklarda kuchli boʻladi.

Ensiklopediya.uz
BRIZ