BRITANIYA AKADEMIYASI — 1901-y. London sh. da tarixiy, falsafiy va filologik tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Osiyodagi bir qancha mamlakatlarning, Gretsiya va Italiyadagi Britaniya maktablari faoliyatiga ilmiymetodik rahbarlik qiladi. 531 aʼzosi bor.