BRISTOL haqida malumot bilib oling.
BRISTOL — Buyuk Britaniyaning jan. gʻarbidagi shahar, Angliyada; Eyvon daryosi Bristol qoʻltigʻiga quyiladigan joy yaqinida. Aholisi 378 ming kishi (1988). Yirik port va t. y. tuguni. Mashinasozlik (aviatsiya, aviaraketa, motorsozlik) taraqqiy etgan. Oziqovqat, koʻn poyabzal, rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, poligrafiya sanoati korxonalari, unt bor. Meʼmoriy yodgorliklardan SentPiter gospitali (12-a.), SentMeriRedkliff gotika sobori (13-a. —1475) va b. saqlangan. Shaharga 6-a. da asos solingan.
Ensiklopediya.uz
BRISTOL