BRIM Georgiy Robertovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRIM Georgiy Robertovich haqida malumot bilib oling.

BRIM Georgiy Robertovich (1935.18.9, Turkmanistonning Kerki sh. — 1999.8.3, Germaniya, Landsxut sh.) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Toshkentsanʼat in-tini tugatgan (1967). Shu intda oʻqituvchi (1967—89), kafedra mudiri (1989—98). Ayni vaqtda Hamza teatrida rassom (1967—68), bosh rassom (196886); 198798-y. larda Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida bosh rassom. Brim ijodi oʻziga xos uslubi, asar mazmuni va gʻoyasini ochishga xizmat qiladigan sahna bezaklari, libos eskizlari yaratishi bilan diqqatga sazovor. Hamzaning «Boy ila xizmatchi» asari asosida yaratilgan spektakllarni badiiy bezagan (Ashxobod, 1966; Toshkentdagi Hamza teatri, 1969; Qoʻqon teatri, 1974; Bolgariya Xalq Respublikasi, 1974). Hamza («Shoh Edip», 1971; «Kelinlar qoʻzgʻoloni», 1976; «Qaroqchilar», 1978; «Ibn Sino», 1980; «Zebunniso», 1984 va b.), Navoiy («Boʻron», 1980; «Maysaraning ishi», 1988 operalari) va A. Hidoyatov nomidagi («Maysaraning ishi», 1988; «Paranji sirlari», 1989; «Qora kamar», 1989 va b.) teatrlar spektakllarining tasviriy obrazini yaratdi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1989).

Ensiklopediya.uz
BRIM Georgiy Robertovich