BREST QALʼASI haqida malumot bilib oling.
BREST QALʼASI — Belorussiyadagi Brest sh. tegrasida joylashgan qahramonqalʼa. 1833—38 y. larda qurilgan, 19-a. oxiri — 20a. boshlarida takomillashtirilgan. 2-jahon urushi yillarida Brest qalʼasining oz sonli garnizoni P. M. Gavrilov, I. N. Zubachyov, Ye. M. Fominlar rahbarligida 1941-y. 22-iyundan iyul oyining 20sanasiga qadar qurshovda qolib nemisfashist qoʻshinlarining kup karra ustun bulgan harbiy kuchlariga qarshi (oʻq dori, oziq-ovqat, suv tanqisligiga qaramasdan) Brest qalʼasini mudofaa qilgan. 1965-y. B. q. ga qahramonqalʼa unvoni berilgan. 1971-y. dan memorial majmua.
Ensiklopediya.uz
BREST QALʼASI