BREST haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BREST haqida malumot bilib oling.

BREST (1921-y. gacha Brest-Litovsk, 1939-y. gacha Brest-Lug) — Belorussiyadagi shaxar. Brest viloyatining maʼmuriy markazi. Muxaves daryosi Gʻarbiy Bug daryosiga quyilish yerida. Dare porti va t. y. tuguni. Aholisi 278 ming kishi (1999).

Dastlab 1017-y. gi solnomalarda Berestye nomi bilan tilga olingan. 11 a. da Turov knyazligi qoʻl ostida boʻlgan. 1044-y. da Kiyev knyazligi bosib olgan va 12-a. oʻrtalaridan Volinsk knyazligiga tobe boʻlgan. 1319-y. da Litva knyazligi bosib olgan. Lyublin uniyasi boʻyicha Brest 1569-y. Rech Pospolita tarkibiga kirgan. 1596-y. B. da Brest uniyasi eʼlon kilindi. 1795-y. da Brestni Rossiya bosib oldi. 19-a. ning 30-y. laridan boshlab Brest qalʼa b-n mustahkamlandi. 20-a. boshlarida B. Rossiya imperiyasining gʻarbiy chegarasidagi eng mustahkam qalʼaga aylandi. 1918-y. B. da Rossiya bilan Germaniya oʻrtasida Brest sulhi tuzildi. 1919-y. dan B. Polsha, 1939-y. dan Belorussiya tarkibida. Urush yillarida (1941—45) Brestda shiddatli janglar boʻlgan. Brest 1944-y. dan keyin qayta tiklandi va zamonaviy binolar qurilishi hisobiga kengaydi.

Brest — yirik sanoat va madaniyat markazi. Mashinasozlik, yengil, oziqovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Uyroʻzgʻor kimyosi mahsulotlari, qurilish materiallari, mebel ishlab chiqariladi. 2 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik muzeyi va Brest qalʼasi mudofaasi muzeyi bor.

Ensiklopediya.uz
BREST