Brendni tanitish uchun yana bir maydon — TikTok. to’liq malumot oling
💥 Brendni tanitish uchun yana bir maydon — TikTok.
Hammamizga ma’lum va mashxur bo’lgan TikTok’dan aslida foyda ham bor. Tiktok orqali brendni tanitish, raskrutka va yana boshqa ishlarni qilish mumkin.
O’zbekistonda Tiktok juda ham mashxur. Har 3-odam tiktok ishlatadi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Xo’sh, Tiktokda qanday qilib brendni tanitish mumkin?
• Chiroyli logotip va nom tanlang.
Tiktok akkauntga brend logotip qo’ying, yaxshi nom va username qo’ying.
• Did bilan montaj qilingan video qo’ying.
Har xil, saviyasiz, bachkana yoki oddiy montaj videolar hech kimga yoqmaydi. Montaj qilishda e’tibor bering, videoni oxirigacha ko’rishsin.
• Har video ostiga heshtegni «to’ldirib» tashlang.
Deylik, frilans agentligingiz bor. Siz buyurtma asosida saytlar, botlar va dasturlar yozasiz. Ish jarayonini videoga oling, uni did bilan montaj qiling, videoni qo’yishda heshtegni to’ldirib tashlang. # > dasturlash, saytlar, botlar… Bu ko’rishlar sonini oshirishga yordam beradi.
👉 @itechmedia — #tiktok
Boshqa mavzular
Brendni tanitish uchun yana bir maydon — TikTok.