BRAYL haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRAYL haqida malumot bilib oling.

BRAYL, Bray (Braille) Lui (1809.4.1, Kuvre 1852.6.1, Parij) fransuz tiflopedagogi, koʻrlar yozuvining ixtirochisi. 3 yoshligida koʻr boʻlib qolgan. Parijdagi koʻr bolalar in-tida oʻqituvchilik qilgan. Oʻz nomi bilan ataladigan va hoz. vaqtgacha koʻrlarning butun dunyoda qoʻllanilayotgan relyef nuqtali shriftini ishlab chikdan. Brayl shriftida bosilib chiqqan birinchi kitob «Fransiya tarixi»dir (1837). Brayl harf va rakamlardan tashqari xuddi shu prinsip asosida nota yozuvini ham ishlab chiqqan. Brayl isteʼdodli musiqachi boʻlgan, koʻrlarga musiqadan dare bergan.

Ensiklopediya.uz
BRAYL