BRAUNIT haqida malumot bilib oling.
BRAUNIT (19-a. nemis olimi M. Braun nomidan) — murakkab oksidlar sinfiga mansub mineral. Kvadrat sistemada kristallanadi. Koʻpincha donador agregatlar uyumi koʻrinishida uchraydi. Rangi qoraqoʻngʻir yoki kulrang. Yarim metallsimon yaltiraydi. Qattiqpigi 6 — 6,5. S. ogʻ. 4,7—4,9. Baʼzan suyet magnitlangan ham boʻladi. Gidrotermal yertomirlarda, kontakt — isgamorfik jinslarda uchraydi. Yirik ruda konlari marganes oksidiga boy regional va kontakt — metamorfik choʻkindi qatlamlarda uchraydi. Braunit beqaror, tezda psilomelan va pirolyuzitga aylanadi. Braunit — muhim marganes rudasi. Yirik konlari Hindistonda bor, Oʻzbekiston va Qozogʻistonda ham topilgan.
Ensiklopediya.uz
BRAUNIT