BRAMANTE haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRAMANTE haqida malumot bilib oling.

BRAMANTE (Bramante) Donato (1444, MonteAzdrualdo, Urbino yaqinidagi hoz. Ferminyano — 1514.11.3, Rim) — italiyalik meʼmor. Uygonish davri meʼmorligining yirik vakili. Dastlab rassom sifatida ijod qilgan. Bramante 1477-y. dan Milanda yashab, SanSatiro (1479—83), Santa Mariya della Gratsiye (1492-y. dan) va b. cherkovlarni qayta qurgan. 1499-y. Rimga koʻchib, bu yerda Uygonish davri uchun xos boʻlgan eng muhim asarlarini yaratgan: 1500— 04 y. larda Santa Mariya della Pache monastiri hovlisidagi SanPyetro in Montorio (Tempyetto) butxonasini kurgan. 1514-y. gacha Avliyo Pyotr sobori loyihasi ustida ishlagan. 1503-y. da Vatikan saroyi majmuasini qayta qurishda qatnashgan (Belveder va SanDamazo binolari saqlanib qolgan). Bramante ijodi Yevropa meʼmorligining rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Ensiklopediya.uz
BRAMANTE