BRAHMANLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRAHMANLAR haqida malumot bilib oling.

BRAHMANLAR — 1) Hindistondagi oliy kastalardan biri. Kelib chikishi boʻyicha kohinlarning qad. tabaqasi (varna)ga mansub. Kadimda Brahmanlar kohinlik vazifasini oʻtab, qurbonlik marosimlariga rahbarlik qilgan, xalq orasida Vedalarni targʻib etish bilan shugʻullangan. Oʻrta asrlar davrida esa davlat ishlarida ham qatnashib, koʻproq qozilik lavozimini egallagan. Hoz. koʻpchilik Brahmanlarning kun kechirish manbai diniy marosimlar bilan emas, balki davlat xizmati, dehqonchilik va b. yumushlar b-n bogʻliq. Hindistondagi hukmron sinf va ziyolilarning aksariyati Brahmanlar dir. Shuningdek, Brahmanlar orasida ishchilar, xizmatchilar, farroshlar, hunarmandlar ham mavjud;

2) asosan veda diniga xos rasmrusumlar bayoni va sharhidan iborat qad. hind muqaddas kitoblari (mil. av. 8—6-a. lar) boʻlib, ular Vedalarni mazmunan toʻldiradi. Qurbonlikning ahamiyatini koʻrsatish, yer xudolari — kohinlarni osmon xudolaridan yuqori qoʻyish Brahmanlarning asosiy gʻoyasidir. Brahmanlarda qad. hind hunarmandchiligi, grammatikasi, astronomiyasi, falsafasi va b. xususida ham maʼlumotlar bor.

Ensiklopediya.uz
BRAHMANLAR