BRADIKARDIYA haqida malumot bilib oling.
BRADIKARDIYA (yun. bradys — sekin va kardia — yurak) — yurak qisqarishlarining sekinlashishi, yurakning sekin (1 min. da 60 dan kam) urishi. Sogʻlom kishilarda (mas, sportsmenlarda) ham kuzatiladi, koʻproq yurakning ayrim kasalliklari (yurak blokadasi, sinus tugun kasalliklari va b.) belgisi boʻlishi mumkin. Och yurish, baʼzi zaharlanishlar, yurak glikozidlarini suiisteʼmol qilish ham Bradikardiyaga sabab boʻladi. Bradikardiyani bartaraf etish uchun eng avval uni keltirib chiqargan kasallik davolanadi.
Ensiklopediya.uz
BRADIKARDIYA