BRABANT OT ZOTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BRABANT OT ZOTI haqida malumot bilib oling.

BRABANT OT ZOTI — 19-a. da Belgiyaning Brabant viloyatida chiqarilgan (nomi shundan). Brabant ot zotining gavdasi yirik, baquvvat, tez yetiladi, uzok, yashaydi. 2,5 yoshdan turli q. x. ishlarida foydalanish mumkin. Biyasi 4 yoshida kulunlaydi. Erkagining tirik vazni oʻrtacha 800—1000 kg, baʼzan 1200 kg, biyalariniki 700 kg ga boradi. Tuyey jiyron, toʻriq, tim qora. Brabant ot zotidan koʻpgina mamlakatlarda mahalliy otlar zotini yaxshilashda va ogʻir yuk tortuvchi yangi ot zotlarini chiqarishda foydalanilgan. Germaniya, Gollandiya, Daniya, AQSH, Chexoslovakiya, Vengriya va b. mamlakatlarda ham boqiladi.

Ensiklopediya.uz
BRABANT OT ZOTI