BOZORBOYEV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOZORBOYEV haqida malumot bilib oling.

BOZORBOYEV Jumanazar (1933.13.11, Moʻynoq tumani) — faylasuf olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970), falsafa fanlari d-ri (1973), prof. (1978). Qoraqalpogʻiston davlat pedagogika in-ti tabiatshunoslik f-tini tugatgan (1955). Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston filialida ishlagan (1968—80), Qorakalpogiston davlat un-ti prof. (1976—80), kafedra mudiri (1980—89). Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri (1989—90). Nukus davlat pedagogika in-ti rektori (1991-y. dan). «Oʻzbekchaqoraqalpoqcha lugʻat», «Odobnoma» kitoblari, estetika, din tarixiga oid asarlar muallifi. «Qaraqalpaqstan mugʻallimi» jur. bosh muharriri (1991-y. dan). Amir Temur jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimining boshligʻi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureata (1996).

Ensiklopediya.uz
BOZORBOYEV