BOYZOQOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOYZOQOV haqida malumot bilib oling.

BOYZOQOV Iso (1900.3.10, Pavlodar viloyati Yertis tumani — 1946.3.9, Olmaota) — qozoq xalq oqini, bastakor. Toshkentdagi qozoqqirgʻiz maorif in-ti (inpros)da oʻqigan (1924). Bu yerdagi havaskorlar toʻgaragida qatnashib, «Qizil bugʻdoy», «Yoshlarga» kabi ashulalar yozgan. Uning «Quralay suluv» (1925), «Choʻpon ertagi» (1926), «Oʻn bir kun va oʻn bir tun» (1938), «Oltoy etaklarida» (1939), «Kavkaz» (1941), «Oqboʻpa» (1945) kabi dostonlarida insonparvarlik, sevgiga sadoqat, mehroqibat gʻoyalari tarannum etilgan. Boyzoqov haqida N. Anov «Qushiq qanoti» (1956) nomli roman yozgan.

Ensiklopediya.uz
BOYZOQOV