BOYTEMIROV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOYTEMIROV haqida malumot bilib oling.

BOYTEMIROV Nasirdin (1916, Chu tumani Kegeti qishlogʻi) — Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1986). Adabiyot intini bitirgan (Moskva, 1955). Dastlab oʻqituvchi, keyinchalik respublika gaz. da maxsus muxbir. «Azamat» (1948), «Saltanat» (1949), «Oxirgi oʻq» (1955), «Tarix esdaligi» (1966) va b. asarlarida 2-jahon urushi janglari, urushdan keyingi qayta qurish voqealari oʻz ifodasini topgan. «Qizil yoʻllik» (1964), «Urquya» (1976), «Adiku» (1984), «Turmush shunday» (1986) va b. roman, povest, pyesalarida qirgʻiz mehnatkashlarining turmush tarzi aks etgan. Sheʼr va dostonlardan iborat «Yurak kuylari» (1955), «Muhabbatim — qanotim» (1981) toʻplamlari bor. «Ertaklar» (1939) toʻplami bolalarga bagʻishlangan. Baʼzi sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Ensiklopediya.uz
BOYTEMIROV