BOYSUN TOSHKOʻMIR KONI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOYSUN TOSHKOʻMIR KONI haqida malumot bilib oling.

BOYSUN TOSHKOʻMIR KONISurxondaryo viloyatining Boysun tumanila yura qatlamlarida joylashgan kon. Boysuntogʻning jan. gʻarbiy tarmogʻi boʻlgan Ketmonchopti tizmasining jan. yon bagʻrida. Tuman markazi Boysundan 10 km jan. sharkda, Shoʻrchi t. y. dan 60 km narida. 1940-y. lardan oʻzlashtirila boshlangan. Koʻmir qatlamlari assimetrik koʻtarilgan Ketmonchopti togʻida taxm. 25 km2maydonni egallagan. Kon geomorfologik va tektonik jihatdan 3 qism (shim., gʻarbiy va jan.) dan iborat. Quyi, oʻrta yura jinslari orasidan 22 ta koʻmir qatlami topilgan, shuning ikkitasidan koʻmir qazib olinadi. Koʻmir «T» markasiga mansub va yuqori kaloriyali. Undan koksbriket i. ch. mumkinligi aniqlangan. Koʻmirning aniklangan zaxirasi 15 mln. t. 1996-y. 10 ming t koʻmir qazib olindi. Istiqbolda koʻmir qazib chiqarishni yiliga 100 ming t ga yetkazish moʻljallangan.

Ensiklopediya.uz
BOYSUN TOSHKOʻMIR KONI