BOYOSTON ADIRLARI haqida malumot bilib oling.
BOYOSTON ADIRLARI — Fargʻona botigʻining shim. sharqidagi adirlar, Bosbutov tizmasining jan. gʻarbida joylashgan. Boyoston adirlarining aksari qismi Qirgʻizistonda, shim. sharqiy boʻlagi Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida. Jan. gʻarbdan shim. sharqqa tomon 50 km ga choʻzilgan. Oʻrtacha bal. 1000—1200 m, eng baland joyi (shim. sharqida) 1500 m. Suvayirgʻich qismi yassi, baʼzan mayda tepaliklardan iborat, Fargʻona vodiysiga zinapoyasimon pasayib tushadi. Yon bagʻirlari soylar (Podshootasoy, Namangansoy, Kosonsoy va b.) va qurUK oʻzanlar bilan oʻyilgan. Boyoston adirlari negizi paleozoyning kristalli jinslaridan, yuzasi yura, bur, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davrlarning choʻkindi (gil, qumtosh, konglomerat, lyossimon) qatlamlaridan tashkil topgan. Boyoston adirlarining Oʻzbekistondagi qismi oʻzlashtirilgan, qolgan joylari asosan yaylov. Yaylovlardagi tipik boʻz va toʻq boʻz tuproqlarda efemer, efemeroidlar, ayniqsa, ferula, chayir keng tarkdlgan.
Ensiklopediya.uz
BOYOSTON ADIRLARI