BOYONDUR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOYONDUR haqida malumot bilib oling.

BOYONDUR, boyundur — qipchoqpar, oʻgʻuzlar, shuningdek turkmanlar tarkibiga kirgan turkiy qabila. Oʻgʻuzlar tarkibidagi Boyondur larning bir qismi 12-a. da jan. rus dashtlariga koʻchib kelib rus yilnomalarida berendeylar nomi bilan mashhur boʻlganlar. Ular bijanaklar va torklar ittifoqi tarkibida 12-a. 1-yarmidagi Rusning vassali hisoblanganlar. Torklar ruslar tomonidan tormor keltirilgach, Boyondurlar ulardan ajrab chiqib, aksariyati rus knyazlari xizmatiga kirgan. Boyondur larning soni tork va bijanaklarning umumiy sonidan ham oshiq boʻlgan, shu tufayli ular yilnomalarda tez-tez uchraganlar. Boyondurlar siyosiy jihatdan ancha faol boʻlganlar, 12-a. oʻrtalariga kelib bijanaklar, torklar va Boyondur yagona ittifoq — chernыye klobuki (qoraqalpoqpar) ittifoqiga birlashganlar. Saljuqiylars&n sulton Sanjar davrida oʻgʻuz udumlariga qatʼiy rioya etilgan: harbiy qoʻshinning soʻl qanotiga qoʻmondonlik qilish Boyondur va bijanak qabilalari vakiliga topshirilgan. Turkmanlarning Boyondur qabilasi Oq qoʻyunlilar sulolasiga asos solgan. Oq qoʻyunlilar davlati zamonasida (14-a. oxiri — 16-a. boshlari) Dada Qoʻrqut haqida doston yaratilgan, unda barcha oʻgʻuzlarning xoni deb Boyondurxon ismi keltirilgan. Abulgʻoziy Bahodirxoning yozishicha, Boyondurlar Iroqsa ham yashaganlar.

Ensiklopediya.uz
BOYONDUR